
- 1
- 23.11.2026 14:37:00
- 1 мин оқу
Namangan viloyatining Çortoq tumanidagi 46-umumtaʼlim maktabida öqituvçi öquvçilarga nisbatan jismoniy kuç işlatgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati taʼlim va ilm-fan boşqarmasi Axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Maʼlum qilinişiça, videolavhada sport murabbiysi öquvçilarni urayotgani aks etgan. Mazkur holat jamoatçilik muhokamasiga sabab böldi. Uşbu voqea yuzasidan Çortoq tumani taʼlim bölimi nazoratga olinganini maʼlum qildi.
Boşqarma axborot xizmatiga köra, videoda aks etgan holatlarni örganiş hamda pedagogning xatti-harakatlariga qonuniy baho beriş maqsadida xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Tekşiruv davomida maktab rahbariyati, pedagoglar, öquvçilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar ötkaziladi. Şuningdek, voqeaga oid barça maʼlumotlar har tomonlama örganiladi.
Tekşiruv yakunlariga köra, qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar köriladi.