
- 1
- 20.02.2026 15:49:00
- 1 мин оқу
Namangan viloyati Chortoq tumanidagi mahalla bankiri lavozimida ishlovchi 25 yoshli erkak musobaqada ishtirok etish uchun ayol hamkasbi bilan Toshkentga yuborilgan. 2025-yil 18-dekabr kuni kechasi erkak Toshkentdagi mehmonxonada ayolning xonasiga ovqat olib kelish bahonasida kirib, unga jinsiy shilqimlik qilgan. Ayolning aytishicha, erkak unga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan, biroq ayol rad etgach, uni yostiq bilan bo‘g‘gan. “Bu ishni qilganimdan o‘lganim yaxshi, dedim. Unda o‘lasan, deya meni yotqizib, yostiq bilan bo‘g‘di,” deydi ayol. Erkak sudda aybiga iqror bo‘lib, hamkasbi ovqat olib kelishini so‘ragani uchun unga lavash olib, xona kirganini va uni quchoqlashga uringanini aytgan. 2026-yil 18-fevraldagi sud qaroriga ko‘ra, erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.