Deputat Japarov va Tashiyevni murosaga chaqirdi

Deputat Japarov va Tashiyevni murosaga chaqirdi
  • 0
  • 11.02.2026 15:57:00
  • 1 мин оқу

Qirg‘iziston parlamenti deputati Umbetali Qidiraliyev prezident Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyevni kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqirdi. Deputat parlament yig‘ilishida so‘zga chiqib, mamlakatdagi so‘nggi voqealar vaziyatdan oqilona chiqishni talab qilayotganini ta’kidladi. Biroq aynan qanday kelishmovchilik haqida gap ketayotganini ochiqlamadi va islohotlarni davom ettirish uchun birlik zarurligini bildirib, parlamentni hamjihatlikka chaqirdi: “Tun bo‘yi yuzaga kelgan vaziyat haqida o‘yladim. Ishonchim komilki, ular ham mijja qoqmagan. Men ulardan kattaroqman, shu sababli ularni kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqirishni o‘z zimmamga olaman… Har qanday ishda kamchiliklar bo‘ladi. Men do‘stlarimni islohotlarni oxirigacha yetkazishga chaqiraman. Ularning har ikkisi ham vatanparvar va xalq yo‘lida hamma narsaga tayyor”, dedi Qidiraliyev. Eslatib o‘tamiz, 10-fevral kuni Sadir Japarov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyevni muddatidan oldin lavozimidan ozod etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News