
- 1
- 07.03.2026 15:06:00
- 1 мин оқу
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar sabab Bahrayn, Kuvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar va Isroil havo hududlari parvozlar uchun yopiq. Shu sabab O‘zbekiston fuqarolari muqobil yo‘nalishlar orqali vatanga qaytarilmoqda.
28-fevraldan 7-mart soat 10:00 holatiga qadar Madina va Jidda aeroportlaridan 63 reys orqali 13 543 nafar, Dubaydan 9 reys orqali 1 401 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelingan. Shuningdek, xorijiy aviakompaniyalar 8 reys tashkil qilib, jami 1 365 yo‘lovchi (990 nafar O‘zbekiston fuqarosi) evakuatsiya qilingan.
Fuqarolarning aksariyati turpaketlar orqali Yaqin Sharqga borgan. Transport vazirligi turoperatorlarni fors-major holatlarda ham mijozlar bilan shartnomaga rioya qilishga va tezkor axborot berishga chaqirdi. Hozirda Qatar hududida qolgan fuqarolarni Saudiya Arabistoni aeroportlari orqali olib chiqish ishlari davom etmoqda. “O‘zaviatsiya” va Tashqi ishlar vazirligida 24 soat ishlaydigan Call markazlar faol. Vazirlik fuqarolardan vahimaga berilmaslik va o‘z turoperatorlari bilan aloqada bo‘lishni so‘ramoqda.