
- 0
- 16.02.2026 10:07:00
- 1 мин оқу
Yaponiyadagi hayvonot bog‘ining Panch ismli kichkina maymuni internetda mashhur bo‘ldi. Tug‘ilganidan onasi tark etib, hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan parvarishlangan maymuncha o‘yinchoq maymunni o‘z onasi deb o‘ylaydi va bir on ham uni yonidan qo‘ymaydi. Keyinchalik Panch maymunlar qafasiga o‘tkazilgan, biroq u uchun yangi muhitga moslashish oson kechmadi. Jamoadagi boshqa maymunlar uni hali ham qabul qilmagan. Uning ta’sirli hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ko‘plab odamlar Panchni ko‘rish va uni qo‘llab-quvvatlash uchun hayvonot bog‘iga tashrif buyurmoqda. Ammo Panch hanuz ko‘p vaqtini o‘yinchoq “onasi” bilan yolg‘iz o‘tkazadi.