
- 2
- 15.03.2026 22:48:00
- 1 мин оқу
Kuvaytning Al Jarida gazetasi xabariga ko‘ra, Eronning yangi oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab maxfiy operatsiya orqali Rossiya harbiy samolyotida Moskvaga olib ketilgan va u yerda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.
Gazeta manbasining ta’kidlashicha, Putin o‘tgan hafta Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbat chog‘ida Mujtabo Xomanaiyni Rossiyada davolashni taklif qilgan. Shundan so‘ng Eron rasmiylari bu taklifni ko‘rib chiqib, ma’qullagan. Hozirda Mujtabo Xomanaiy Moskvada Putinning qarorgohlaridan biridagi xususiy klinikada rossiyalik va eronlik shifokorlar nazoratida davolanayotgani aytilmoqda.
Avvalroq Mujtabo Xomanaiyning jarohatlangani xabar qilingandi. Ba’zi manbalarda esa uning oyog‘idan ayrilgani ham aytilmoqda.
Shuningdek, AQSh Davlat departamenti Eron rahbariyatidagi muhim shaxslar, jumladan mamlakatning yangi oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy haqida ma’lumot berganlarga 10 million dollargacha mukofot berilishini e’lon qilgan.