
- 5
- 22.11.2025 14:13:00
- 1 мин оқу
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashgan analitik nazorat markazi” tomonidan poytaxtning barcha tumanlarida 24 soat davomida mobil ekologik laboratoriyalar yordamida havo ifloslanishi monitoring qilinmoqda.
Bunday laboratoriyalardan biri Toshkentning Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati atrofidagi hududni nazorat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan havo sifatini yaxshilash maqsadida tezkor shtab tashkil etilgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘mita poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Aniqlangan ifloslanish manbalari tegishli tashkilotlarga yuborilib, zarur choralar ko‘rilmoqda.