
- 0
- 16.02.2026 10:02:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida bir erkak odamlarga avtomat rasmini ko‘rsatib, uni qayerdan sotib olishni so‘rayotgani aks etgan video tarqaldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u “100 kishini otish” niyatida ekanligini aytgan. Shundan so‘ng voqea joyidan ketib qolgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida 2006-yilda tug‘ilgan mazkur fuqaroning ruhiy nosog‘lom ekani aniqlanib, ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan.