Erkak burniga 81 ta gugurt joylashtirdi

Erkak burniga 81 ta gugurt joylashtirdi
  • 7
  • 22.11.2025 09:10:00
  • 1 мин оқу

42 yoshli shvetsiyalik Martin Strebyu Ginnesning rekordlar kitobiga noodatiy harakati bilan kirdi. U bir vaqtning o‘zida burniga naq 81 ta gugurt cho‘pini joylashtirdi. Rekord g‘oyasi bolalaridan kelib chiqqan. Ular Ginnesning rekordlar kitobini qiziqib varaqlab, otalarining ismi ham unda bo‘lishini orzu qilishgan. Avvaliga Martin o‘zini “hech bir sohada dunyoda eng yaxshi emasman” deb o‘ylagan, biroq noodatiy rekordlarni ko‘rib, ilhomlangan. Uning birinchi urinishida 35 ta gugurt sig‘gan. Ammo mashq qilish orqali oxir-oqibat 81 ta gugurt cho‘pi bilan rekord o‘rnatdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News