Las-Vegasda “Uy tozalash olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi 

Las-Vegasda “Uy tozalash olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi 
  • 6
  • 14.11.2025 10:10:00
  • 1 мин оқу

Las-Vegasda har yili o‘tkaziladigan Housekeeping Olimpiadasi — ya’ni uy tozalash musobaqasining 35-turi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning eng mashhur mehmonxonalarida ishlovchi xizmatkorlar va tozalovchi xodimlar o‘z mahoratini namoyish etishdi.
Ishtirokchilar to‘shak yig‘ish, pol artish estafetasi, hojatxona qog‘ozi uloqtirish kabi kulgili, lekin chaqqonlikni talab qiladigan musobaqalarda bellashishdi. Hatto raqs tanlovi ham o‘tkazildi. Chunki, tashkilotchilar aytganidek, “har qanday muvaffaqiyatli tozalash jarayonining bir qismi bu — kayfiyat!” 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News