Qirg‘izistonda qiz yigitining tilini tishlab uzib oldi

Qirg‘izistonda qiz yigitining tilini tishlab uzib oldi
  • 12
  • 13.11.2025 09:52:00
  • 1 мин оқу

Qirg‘izistonning Manas shahrida 26 yoshli yigit o‘z sevgilisi bilan o‘pishish paytida tilining bir qismi va pastki labidan ayrildi. Hodisa 8-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Yigit shifoxonaga o‘zi murojaat qilgan va kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar til va labning tishlab olingan qismlarini tikib qo‘yishgan. Uning ahvoli barqaror, hozirda u normal ovqatlanib, gapira oladi.
Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yigit va qiz o‘sha kuni do‘stlarining to‘yida birga bo‘lishgan va spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. Qiz sevgilisini tasodifan tishlab olganini aytgan. Har ikki tomonning ruhiy holati me’yorda ekani tasdiqlangan. Jabrlanuvchi esa qizga nisbatan hech qanday da’vo bildirmagan. Hodisa yuzasidan tekshiruv davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News