Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili bo‘ldi

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili bo‘ldi
  • 1
  • 24.11.2025 20:08:00
  • 1 мин оқу

Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili etib tayinlandi. Shu bilan birga u prezident administratsiyasi rahbari maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi. Sentyabr oyida Komil Allamjonov AQSHdagi Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari dasturining maxsus maslahatchisi etib tayinlangandi.

Yangi lavozimida Allamjonov O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, yirik investitsiya va savdo loyihalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi. 
Shuningdek, u AQSH hududida qo‘shimcha konsulliklar ochish, o‘zbek diasporasi bilan hamkorlik qilish va elchixonadagi xodimlar shtatini oshirish bo‘yicha ishlarni boshqaradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News