"Qirg‘iziston O‘zbekistonning 13-viloyati”, deb “qovun tushirgan” tarbiyachi

"Qirg‘iziston O‘zbekistonning 13-viloyati”, deb “qovun tushirgan” tarbiyachi
  • 3
  • 25.11.2025 14:06:00
  • 1 мин оқу

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisining bolalarga O‘zbekiston viloyatlarini o‘rgatish jarayoni aks etgan video keng tarqaldi. Dars davomida tarbiyachi O‘zbekistonning “13-viloyati” sifatida Qirg‘izistonni tilga olgan. Bu holat nafaqat kulgu, balki keskin muhokamalarga ham sabab bo‘ldi.

Ko‘plab foydalanuvchilar izohlarida vaziyatni hazil bilan qabul qilib, “buni qirg‘iz birodarlarimiz ko‘rib qolmasin, xafa bo‘lishadi”, deb yozishgan. Ayrimlar esa bunday xatolik taʼlim muassasalarida geografiya bo‘yicha bilimlarning yetarli darajada emasligini ko‘rsatishini taʼkidlamoqda.

Video tarqalganidan so‘ng, bog‘cha rahbariyati ushbu vaziyat bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi boshlaganini maʼlum qildi. Tarbiyachining o‘zi esa bu xatoni tasodifiy og‘zaki chalkashlik sifatida izohlab, bolalarga to‘g‘ri maʼlumot berilganini aytgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News