Qozog‘iston va yana to‘rtta davlat G‘azoga harbiy yuboradi

Qozog‘iston va yana to‘rtta davlat G‘azoga harbiy yuboradi
  • 1
  • 20.02.2026 10:35:00
  • 1 мин оқу

Indoneziya, Marokash, Qozog‘iston, Kosovo va Albaniya G‘azo sektoridagi Xalqaro barqarorlik kuchlarida ishtirok etishini e’lon qildi. Bu haqda tuzilma qo‘mondoni general-mayor Jasper Jeffers ma’lum qildi.
Xalqaro kuchlar G‘azo janubidagi Rafah shahriga joylashtirilib, politsiyachilarni o‘qitadi. Har bir davlat yuboradigan harbiylar soni ochiqlanmadi. Rejaga ko‘ra, missiya tarkibi 20 ming askardan iborat bo‘ladi va 12 ming politsiyachi tayyorlanadi. Shuningdek, Misr va Iordaniya politsiyani o‘qitish majburiyatini oldi. 
AQSHda 19-fevral kuni o‘tkazilgan Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishida 20 dan ortiq davlat delegatsiyalari qatnashdi. Uchrashuvda G‘azoni tiklash loyihalari ham muhokama qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News