
- 3
- 11.02.2026 16:21:00
- 1 мин оқу
Ramzan Qodirov avariya haqidagi mish-mishlardan so‘ng o‘g‘li Adam Qodirovni jamoatchilikka ko‘rsatdi. Videoda Qodirov stol atrofida yordamchisi bilan gaplashayotgani ko‘ringan, so‘ngra Qodirov medallar bilan kamuflyaj formasi kiyib xonaga kirgan o‘g‘liga qarab, “Tirilib qaytding, don” degan. Qodirov 9-fevral kuni o‘g‘li avtohalokatga uchraganini rad etdi va bunga kinoyali tarzda munosabat bildirib, mamlakatda minglab avariyalar sodir bo‘layotganiga qaramay, o‘g‘li haqidagi yolg‘on xabarlar “dunyo yangiliklarida birinchi o‘ringa chiqayotganini” ta’kidladi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida har qanday feyk yaratish mumkinligini qayd etdi. Avvalroq Adam Qodirov Grozniyda avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq Qodirov o‘g‘lining yig‘ilish o‘tkazgani aks etgan videoni e’lon qilgandi.