
- 8
- 13.02.2026 08:53:00
- 1 мин оқу
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Kabar agentligiga bergan intervyusida MXDQ sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevning lavozimdan olinishi sabablarini izohladi. Uning aytishicha, qaror davlat barqarorligi va jamiyatda ehtimoliy bo‘linishlarning oldini olish maqsadida qabul qilingan. Ayrim shaxslar Tashiyev nomidan turli doiralarga murojaat qilib, vaziyatni keskinlashtirishga uringan. “Davlatdagi barqarorlik men uchun hamma narsadan ustun”, dedi prezident. Prezident Tashiyev iste’fosi oldidan u bilan bog‘lanib, vaziyatni tushuntirganini ma’lum qildi. Japarov “Japarov jamoasi” yoki “Tashiyev jamoasi” degan bo‘linish yo‘qligini ta’kidladi. Shuningdek, u prezidentlik muddati bo‘yicha tarqalgan mish-mishlarni rad etib, Qirg‘iziston demokratik davlat ekanini eslatdi. Japarov Tashiyev bilan do‘stligi davom etishini bildirib, MXDQda zamonaviy tahdidlarga mos islohotlar o‘tkazilishini aytdi.
10-fevral kuni Qamchibek Tashiyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Ortidan bir qator yuqori lavozimli amaldorlar ham ishdan olindi, ayrim kadrlar boshqa lavozimlarga tayinlandi. Tashiyev va Japarov ko‘p yillik siyosiy hamkor sifatida tanilgan. Ekspertlar bu kadr o‘zgarishlarini mamlakat siyosiy hayotidagi muhim voqea sifatida baholamoqda.