
- 0
- 11.02.2026 15:44:00
- 1 мин оқу
Avvalroq Olmaliqda oʻquvchi qiz “tarbiyaviy” yig‘ilishdan so‘ng vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov ushbu xabarlarni rad etib, qiz yigʻilishga kirmasidan oldin vafot etganini ma’lum qildi. Olmaliq shahridagi 5-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi bo‘lgan marhuma boshqa oʻquvchilar qatori yigʻilishga kelayotgan vaqtida birinchi qavat yoʻlagida hushidan ketib, vafot etgan. Hozirda vakolatli organlar tergov ishlari olib bormoqda, IIBB rasmiy tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘ramoqda.