264 nafar o‘zbekistonlik G‘azoga qarshi harbiy harakatlarda qatnashgani ma’lum qilindi

264 nafar o‘zbekistonlik G‘azoga qarshi harbiy harakatlarda qatnashgani ma’lum qilindi
  • 7
  • 17.02.2026 11:06:00
  • 1 мин оқу

264 nafar o‘zbekistonlik G‘azoga qarshi harbiy harakatlarda qatnashgani ma’lum qilindi

 

“Al Jazeera” e’lon qilgan maqolaga ko‘ra, Isroil armiyasi safida 50 mingdan ortiq xorijiy fuqaro xizmat qilmoqda. Ular orasida 264 nafar o‘zbekistonlik ham borligi qayd etilgan. O‘zbekistonliklar son jihatdan 126 davlat ichida 27-o‘rinda.

Maqolada xorijiy harbiylarning asosiy qismini AQSH va Yevropa davlatlari fuqarolari tashkil etishi, xususan, Isroil armiyasida 12 mingdan ortiq AQSH fuqarosi borligi keltirilgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘istondan 192 nafar, Qirg‘izistondan 55 nafar, Turkmanistondan 33 nafar va Tojikistondan 8 nafar fuqaro Isroil armiyasida xizmat qilayotgani qayd etilgan. Huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar G‘azodagi ehtimoliy harbiy jinoyatlarga aloqador xorijiy fuqarolar masalasini ko‘tarmoqda.

 

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga ko‘ra, harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish 10 yilgacha, urushga yollash va tayyorlash 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga sabab bo‘ladi. Chet davlatlar harbiy yoki shunga o‘xshash tuzilmalarida xizmat qilganlar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News