O‘zbekistonda havoni tozalashga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda havoni tozalashga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi
  • 0
  • 04.12.2025 13:29:00
  • 1 мин оқу

2025-yilda O‘zbekistonda havo tozaligini ta’minlash va ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha loyihalarga 900 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. 2026-yilda esa qo‘shimcha 548 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Bu haqda 3-dekabr kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasining majlisida ma’lum qilindi. Mablag‘lar davlat tomonidan tuzilgan maxsus ekologik jamg‘arma orqali sarflanib, sanoat korxonalarida zamonaviy filtrlash tizimlarini o‘rnatish va umumiy ekologik vaziyatni yaxshilashga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, uglerod birligi savdosi daromadlarining 20 %, chiqindilar va transport vositalarini utilizatsiya qilish yig‘imlarining bir qismi ham jamg‘armaga yo‘naltiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News