Isroil Eronga hujum qildi

Isroil Eronga hujum qildi
  • 0
  • 28.02.2026 11:46:00
  • 1 мин оқу

28-fevral kuni Eron poytaxti Tehron shahrida kuchli portlash ovozi eshitilgani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisa tafsilotlari hozircha noma’lum, rasmiy idoralar izoh bermagan. Bu haqda “Al Arabiya” ma’lum qildi.
Mahalliy aholiga ko‘ra, portlash ovozi shaharning bir necha hududida sezilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda favqulodda xizmatlar harakati aks etgan videolar tarqalgan, biroq ular rasman tasdiqlanmagan.

Shu bilan bir vaqtda, Isroil hududida ogohlantiruvchi sirenalar yangragani bildirildi. Isroil harbiylari bu raketa hujumi ehtimoliga qarshi jamoatchilikni ogohlantirish maqsadida berilgan proaktiv signal ekanini ma’lum qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News