
- 0
- 07.03.2026 15:49:00
- 1 мин оқу
Eron droni Dubay xalqaro aeroportiga zarba bergani aytilmoqda. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Hodisa ortidan aeroport yo‘lovchilar, xodimlar va ekipajlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini noma’lum muddatga vaqtincha to‘xtatdi.
❗️Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat qo‘shni davlatlar bilan adovati yo‘qligini ta’kidlab, bayonot berdi. U qo‘shni davlatlardan uzr so‘rab, Eronga qarshi hujum bo‘lmaguncha boshqa mamlakatlarga harbiy aralashuv qilinmasligini bildirdi.
Shuningdek, u Eron qurolli kuchlari mamlakat sha’ni va xavfsizligini himoya qilish uchun mustaqil harakat qilganini aytdi.