
- 12
- 27.06.2024 17:11:00
- 1 мин оқу
Davlat Dumasiga yagona “RuStore” ilovalari do‘koniga kirmasdan smartfon sotishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi. Unga ko‘ra, “Apple” Rossiyada uchinchi tomon ilovalar do‘konlarini o‘rnatishga ruxsat berish kerak bo‘ladi. Agar kompaniya buni amalga oshirmasa, mamlakatda iPhone va “Apple”ning boshqa gadjetlarini sotish taqiqlanadi.
Anton Gorelkinning fikricha, yangi qonun 2025-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi. Apple muqobil ilovalar do‘konlariga ruxsat berish qarorini ko‘rib chiqishi 1,5 yil vaqtni oladi.