
- 0
- 14.03.2026 10:17:00
- 1 мин оқу
Istanbulda yashovchi 27 yoshli ayol haddan tashqari ortiqcha vazni sabab harakatlana olmay qolgani uchun tez tibbiy yordam chaqirilgan. Biroq 240 kilogram vazndagi ayolni zambilda 7-qavatdan tushirishning iloji yo‘q edi. Shu sababli maxsus qutqaruv ekipajlari chaqirilib, ayol kran yordamida tushirildi va shifoxonaga yetkazildi. Ayol bilan birga ishlagan hamkasbi uning oxirgi yillarda sog‘ligi yomonlashib, ishdan ketganini va hozirda oyoqda ham turolmay qolganini aytdi.