Somalida samolyot texnik nosozlik tufayli suvga qo‘ndi

Somalida samolyot texnik nosozlik tufayli suvga qo‘ndi
  • 0
  • 11.02.2026 15:48:00
  • 1 мин оқу

Somalida yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib texnik nosozlikka uchradi va Hind okeani qirg‘oqlariga favqulodda qo‘ndi. Bortda 50 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan, hech kim jarohat olmagan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘xtay olmagan va natijada suvga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Starsky Airlines aviakompaniyasi uchuvchining tezkor harakatlari bilan barcha yo‘lovchilar hayoti saqlab qolinganini bildirdi. Nosozlik sabablarini aniqlash uchun tergov olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News