
- 7
- 29.11.2025 10:40:00
- 1 мин оқу
Qozog‘istonda to‘y marosimida kelin kuyovining opasiga ta’zim qilishni rad etdi, natijada uyda mojaro yuz berdi. Er xotinini haqorat qilgan va qaynonasiga qo‘ng‘iroq qilib, “qizingizni olib keting” deb talab qilgan. Ish Jambil viloyati Juali tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sudda erkak aybini tan olib, xotindan uzr so‘radi va mediatsiya orqali nizoni hal qilishni taklif qildi. Xotin ham yarashishga rozi bo‘ldi. Sud ish yuritishni to‘xtatdi, qaror hozircha qonuniy kuchga kirmagan. Mediatsiya — bahs-munozaralarni uchinchi betaraf tomon ishtirokida hal qilish usuli hisoblanadi.