Ukraina chekinsa urush to‘xtaydi, chekinmasa davom etadi — Putin

Ukraina chekinsa urush to‘xtaydi, chekinmasa davom etadi — Putin
  • 7
  • 29.11.2025 10:54:00
  • 1 мин оқу

Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi yakunidagi matbuot anjumanida Rossiya-Ukraina mojarosi va AQSHning tinchlik rejasi haqida gapirdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari egallab turgan hududlardan chiqib ketsa, harbiy harakatlar to‘xtaydi, chiqmasa, Rossiya ularni kuch ishlatib chiqarishga majbur bo‘ladi. Putin, shuningdek, Rossiya Yevropaga hujum rejalari yo‘qligini va bu haqdagi mish-mishlar “bema’nilik” ekanini bildirdi. Putin AQSH va G7 bilan aloqalarni davom ettirish zarurligini, lekin tinchlik kelishuvining yakuniy variantlari hali mavjud emasligini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News