“Shaxsan nazorat qilaman” — Saida Mirziyoyeva Toshkent yo‘llarini nazoratga oldi

“Shaxsan nazorat qilaman” — Saida Mirziyoyeva Toshkent yo‘llarini nazoratga oldi
  • 2
  • 27.02.2026 09:18:00
  • 1 мин оқу

Toshkent shahrida prezident qaroriga muvofiq transport tizimini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Maxsus tashkil etilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi 27-fevral kuni tirbandliklarni kamaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash va jamoat transporti nazoratini kuchaytirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Yaqin kunlarda “aqlli” svetoforlar o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini standart asosida yangilash va avtoturargohlarni tartibga solish ishlari boshlanadi. Saida Mirziyoyeva loyiha ijrosini shaxsan nazorat qilishini bildirdi.

2025-yil 5-dekabrda imzolangan qarorga ko‘ra, poytaxtda yo‘l harakatini boshqarishning yangi modeli joriy etiladi. Intellektual transport tizimi yo‘lga qo‘yilib, barcha kameralar, svetoforlar va transport oqimi yagona platformaga ulanadi.
2030-yilgacha jamoat transporti ulushini 60 foizga, elektrobuslar ulushini 50 foizga yetkazish, 700 ta “aqlli” chorraha qurish, metro tarmog‘ini 103 kmga kengaytirish va 1 ming km yo‘lni ta’mirlash rejalashtirilgan. Yo‘l-transport infratuzilmasi uchun maxsus jamg‘arma ham tashkil etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News