Bo‘stonliqda mototsikl dahshatli YTHga uchradi: haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi

Bo‘stonliqda mototsikl dahshatli YTHga uchradi: haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi
  • 2
  • 25.11.2025 13:53:00
  • 1 мин оқу

Bo‘stonliq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mototsikl temir to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etdi. 
Ma’lum qilinishicha, hodisa 23-noyabr kuni soat 14:00 lar atrofida D-012 Bektemir — Chorbog‘ avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshli G.A. Honda rusumli mototsiklni boshqarib ketayotganda tezlikni oshirgan va boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. Olingan og‘ir jarohatlar sabab haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Uning jasadi olti bo‘lakka bo‘linib ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News