
- 0
- 14.02.2026 15:22:00
- 1 мин оқу
13-fevraldan 14-fevralga oʻtar kechasi kuchli yomgʻirdan soʻng Toshkentda ayrim koʻchalarga suv toʻplanib, suv toshqini yuzaga keldi. Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Forish tumanida ham 30 ga yaqin aholi yashash xonadonlarini suv bosdi. Qashqadaryoning Qamashi tumanida ham yomg‘irdan soʻng sel kuzatildi. Hodisa oqibatida vafot etganlar va jarohatlanganlar qayd etilmagan. Vaziyatni bartaraf etish maqsadida FVV obodonlashtirish xizmati xodimlari va maxsus texnikalar jalb etilganini ma’lum qildi.