O‘zbekiston davlat qarzi 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston davlat qarzi 47 mlrd dollarga yetdi
  • 0
  • 23.02.2026 09:41:00
  • 1 мин оқу

2025-yil yakunida O‘zbekiston davlat qarzi 46,85 milliard dollarga yetdi, bu 2024-yilga nisbatan 6,65 milliard dollar ko‘p. Qarzdorlikning 85% tashqi, 15% ichki qismi tashkil etadi.

 

Tashqi qarzning asosiy beruvchilari:

 

🔹 Jahon banki – 8,95 mlrd $

🔹 Osiyo taraqqiyot banki – 8,35 mlrd $

🔹 Xorijiy hukumatlar va banklar – 11,66 mlrd $ (Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlar)

🔹 Xalqaro obligatsiyalar – 5,9 mlrd $

 

Qarzlar quyidagilarga sarflangan:

 

🔹 Byudjet taqchilligi – 19,83 mlrd $

🔹 Yonilg‘i-energetika – 5,6 mlrd $

🔹 Transport va infratuzilma – 3 mlrd $

🔹 Qishloq va suv xo‘jaligi – 3,3 mlrd $

🔹 Uy-joy kommunal xo‘jaligi – 3,2 mlrd $

🔹 Sog‘liqni saqlash, taʼlim, IT va boshqa sektorlar – 3,5 mlrd $

🔹 Kimyo sanoati – 662 mln $

🔹 Tadbirkorlik va sanoat – 612 mln $

 

2026-yilda yana 5 mlrd $ qarz olish rejalashtirilgan, yarmi byudjet taqchilligini yopishga, yarmi investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi. Qarzlarga xizmat ko‘rsatish uchun 24 trillion so‘m (kamida 2 mlrd dollar) ajratiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News