
- 2
- 08.12.2025 09:52:00
- 1 мин оқу
Kecha, 7-dekabr kuni Hindistonning Goa shtatidagi tungi klubda yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida kamida 25 kishi vafot etdi, ularning ko‘pchiligi klub xodimlari bo‘lib, ba’zi turistlar ham jabrlangan. Yong‘in chiqqan on kameralarga tushib qolib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Holat yuzasidan tergov boshlanib, hodisa sabablari aniqlanmoqda.