BMW urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX xodimining dafn marosimi bo‘lib o‘tdi

BMW urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX xodimining dafn marosimi bo‘lib o‘tdi
  • 0
  • 02.03.2026 07:57:00
  • 1 мин оқу

Toshkentda BMW avtomobili urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX xodimi Hosilbek Eshnazarovning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan dafn marosimida soha rahbarlari va mahalliy hokimlik vakillari ishtirok etdi. Marosim yakunida davlat bayrog‘i va harbiy unvoni marhumning otasiga topshirilgan.

33 yoshli inspektor 25-fevral kuni tungi xizmat vaqtida Mirobod tumani Nukus ko‘chasida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomobil tomonidan urib yuborilgan. U uch kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lgan, biroq 27-fevral kuni shifoxonada vafot etgan. Marhum 2022-yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Uning oilasi davlat muhofazasiga olingani bildirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News