
- 0
- 28.02.2026 08:27:00
- 1 мин оқу
Turkiyaning Istanbul shahrida vahshiylarcha o‘ldirilgan o‘zbekistonlik Sayyora Ergashaliyeva uchun 26-fevral kuni Shishli tumanidagi masjidda g‘oyibona janoza namozi o‘qildi. Marosimda marhumaning ota-onasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sayyoraning otasi jinoyatni ochish va aybdorlarni jazolash borasida Turkiya adliya tizimiga ishonch bildirdi hamda qotillar eng og‘ir jazoga tortilishini istashini aytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yanvar oyida Istanbulda o‘zbekistonlik ikki ayol — Durdona Hakimova va Sayyora Ergashaliyeva pichoq bilan o‘ldirilib, jasadlari bo‘laklab tashlangan. Gumonlanuvchi sifatida uch nafar shaxs qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, avval Sayyora o‘ldirilgan, keyin uning telefonidan xabar yuborish orqali dugonasi Durdona ham aldab chaqirilib, qatl etilgan.
Hozirga qadar Sayyora Ergashaliyevaning jasadi topilmagan, tergov harakatlari davom etmoqda.