Fransiyada 10 oylik ixtiyoriy harbiy xizmat joriy etildi

Fransiyada 10 oylik ixtiyoriy harbiy xizmat joriy etildi
  • 4
  • 28.11.2025 09:38:00
  • 1 мин оқу

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda 18–19 yoshdagi yoshlar uchun 10 oylik ixtiyoriy harbiy xizmatni joriy qilganini e’lon qildi. Tashabbus Rossiyaning Yevropaga oshib borayotgan xavfi fonida amalga oshirilmoqda.
Yangi xizmat Fransiya va uning xorijdagi hududlarida o‘tkaziladi, maqsad 2030-yilga kelib 10 ming yoshni jalb qilishdir. Shu bilan birga, mudofaa xarajatlari ikki baravar oshiriladi va 2027-yilga kelib yillik 64 milliard yevroga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda Fransiya qurolli kuchlari 200 ming faol va 47 ming zaxira harbiydan iborat bo‘lib, 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkichlar 210 ming va 100 ming nafarga yetishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News