Osmondagi futbol o‘yini

Osmondagi futbol o‘yini
  • 8
  • 02.12.2025 16:19:00
  • 1 мин оқу

Avval 1500 metr balandlikda turnikda tortilib mashhur bo‘lgan ekstremal sportchi Sergey Boytsov bu safar 1800 metr balandlikda futbol o‘ynab, yangi rekord o‘rnatdi. Rekordchi havo shariga osilgan maxsus futbol maydonchasida bloger Mixail Litvin bilan o‘yin o‘tkazdi. Og‘irligi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan bu maydonchani tayyorlash bir yil davom etdi. Parvozni Havo sporti federatsiyasi rahbari boshqardi, rekord “Rossiya rekordlar kitobi” vakili tomonidan havoda turib tasdiqlandi. Osmondagi maydonda Boytsov va 1,5 soatlik parvoz davomida ishlatilgan 20 to‘pning barchasi pastga tushib ketdi. O‘yin Rossiya bayrog‘ini ko‘tarish va ishtirokchilarning parashyut bilan sakrashi bilan yakunlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News