Vyetnamda suv toshqinlari 100 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Vyetnamda suv toshqinlari 100 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi
  • 0
  • 24.11.2025 09:02:00
  • 1 мин оқу

Vyetnamda kuchli yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilardan kamida 90 kishi halok bo‘ldi, 12 nafar odam bedarak yo‘qolgan. 186 ming uy zarar ko‘rdi, uch milliondan ortiq chorva nobud bo‘ldi. Zarar 300 million dollardan oshgan. Eng ko‘p talafot Daklak provinsiyasida bo‘lib, 60 dan ortiq odam vafot etgan. To‘fonlar va yog‘ingarchilik sabab 258 mingga yaqin aholi elektrsiz qoldi, yo‘llar va temiryo‘l qatnovi to‘xtagan.
Mutaxassislar Vyetnam iqlim o‘zgarishi tufayli ekstremal ob-havoga yanada himoyasiz bo‘lib qolganini aytmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News