Shayxontohurdagi yong‘in uch kishining umriga zomin bo‘ldi

Shayxontohurdagi yong‘in uch kishining umriga zomin bo‘ldi
  • 0
  • 18.02.2026 10:15:00
  • 1 мин оқу

Shayxontohur tumanidagi xonadonda yuz bergan yong‘in oqibatida ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi halok bo‘ldi. 
Fojia 16-fevral kuni kechqurun Toshkent shahri Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasidagi xonadonda sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida uyda qolib ketgan ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi halok bo‘lgan, yana bir fuqaro tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Guvohlarning aytishicha, alanga tez tarqalib, ayol va bolalar bo‘lgan xonaga kirish yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Qo‘shnilar devorni buzib yordam berishga uringan, biroq ichkaridagilar tutundan zaharlanish oqibatida vafot etgan. 
Yong‘in sabablari yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News