Toshkentdagi qurilish mahsulotlari bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi qurilish mahsulotlari bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
  • 0
  • 21.02.2026 11:35:00
  • 1 мин оқу

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi “Izza” qurilish bozori hududida 21-fevral kuni tongda yong‘in sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotiga ko‘ra, soat 05:09 da Quvonch 2-tor ko‘chasida joylashgan bozor hududida eshik rom mahsulotlari yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Yong‘in deyarli bir soatda o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Bozor hududining 200 kvadrat metr maydonidagi mahsulotlar zararlangan, qutqaruvchilarning tezkor harakatlari sabab 2000 kvadrat metr maydon saqlab qolingan. Qayd etilishicha, 16-fevral kuni bozor yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgani sabab tekshiruvdan o‘tkazilib, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan va 3 kunga elektr ta’minotidan uzilgan. Aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmagani yong‘inga sabab bo‘lgani bildirildi. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News