Indoneziyada juma namozi vaqtida masjidda portlash: 50 dan ortiq jarohatlandi

Indoneziyada juma namozi vaqtida masjidda portlash: 50 dan ortiq jarohatlandi
  • 4
  • 07.11.2025 15:01:00
  • 1 мин оқу

Indoneziya poytaxti Jakartada joylashgan masjidlardan birida juma namozi vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 50 dan ortiq kishi jarohat olgan, ulardan ba’zilari kuyish va shisha parchalari bilan tan jarohati olgan. Jabrlanganlar tezda shifoxonalarga yetkazilgan.

Politsiya portlash sabablari yuzasidan tergov boshlaganini ma’lum qildi. Tergovchilar elektr qisqa tutashuvi, texnik nosozlik yoki qo‘lbola portlovchi qurilma versiyalarini ko‘rib chiqmoqda. Hodisa joyidan masofadan boshqariladigan pult va qurollar topilgani aytilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash vaqti va’z endigina boshlangan, xona bir necha soniya ichida tutun bilan to‘lgan, odamlar esa vahimaga tushib, chiqish tomon yugurishgan. Hodisa joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan, xavfsizlik choralariga kuchaytirish kiritilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News