
- 11
- 09.10.2026 20:47:00
- 1 мин оқу
Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida yangi lavozim va Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil etildi.
Yangi lavozim egasi ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish va tashkil etish Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
Erkinjon Turdimov 1969-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 1991-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida esa Mehnat shuhrati ordeni hamda Afg‘oniston vazirligi medali bilan mukofotlangan.