O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlandi

O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlandi
  • 7
  • 28.11.2025 09:36:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonda 27-noyabrda imzolangan qonun bilan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar, shuningdek nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari butunlay muomalasi taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi.
Endi ushbu mahsulotlarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, ishlab chiqarish yoki O‘zbekistonga olib kirish va undan chiqarish harakati uchun jinoiy javobgarlik belgilandi: jarima 123,6 million so‘mdan 206 million so‘mgacha, axloq tuzatish ishlari 2–3 yil, ozodlikni cheklash yoki 3–5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llaniladi.
Shuningdek, shaxs taqiq qilingan mahsulotlarni topshirib, aybini tan olgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi.
Qonun “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish orqali amalga oshirildi. Maqsad — bolalar va yoshlar orasida elektron sigaretalar iste’molini oldini olish va sog‘liqni himoya qilish.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News