Toshkentda chiqindidan qarzdor 6 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi

Toshkentda chiqindidan qarzdor 6 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi
  • 4
  • 11.11.2025 12:59:00
  • 1 мин оқу

Toshkentda chiqindi xizmatlari uchun qarzdor 6 mingdan ortiq abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklab qo‘yildi. 
Chiqindilarni boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, 5-noyabr kuni 25 mingdan ziyod abonentga 2,2 milliard so‘mlik qarz haqida “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan SMS ogohlantirish yuborilgan. Belgilangan 5 kunlik muddat ichida qarzini to‘lamaganlarga cheklov joriy etilgan. Shaharda chiqindi xizmatlaridan jami 582 million so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud. Qarz to‘liq to‘langach, cheklov darhol olib tashlanadi.

Dekabrdan boshlab ushbu tartib butun respublika bo‘ylab joriy etiladi. 2026-yildan esa chiqindi to‘lovlari faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News