
- 2
- 04.06.2026 11:00:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
150 gr olxo‘ri
40 gr shakar
1 choy qoshiq kraxmal
1 osh qoshiq suv
Xamiri uchun:
3 dona tuxum
160 gr shakar
110 gr o‘simlik yog‘i
120 gr sut
70 gr smetana
bir pachka vanillin
200 gr un
40 gr kakao
2 choy qoshiq razrixlitel
bir chimdim tuz
kremi uchun:
100 gr qora shokolad
60 gr qaymoq
Tayyorlanishi:
Birinchi keksning murabbosi tayyorlab olinadi. Kichikroq qozonga olxo‘ri, shakar, suv va kraxmal solinib, past olovda quyuqlashguncha pishiriladi. Xamiri uchun idishda tuxum, shakar, o‘simlik yog‘i, sut va smetana bir xil massa bo‘lguncha aralashtiriladi. Keyin, elangan un, kakao, razrixlitel va tuz qo‘shiladi. Xamir yaxshilab aralashtirilib, unga kraxmalga bulangan biroz olxo‘ri va tomchili shokolad qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan xamir bir xil massada keks qoliblariga solinib, 200°C da 5 daqiqa pishiriladi. Keyin, haroratni 180°C ga tushirib yana 20–22 daqiqa davomida pishiriladi. Kekslar pishguncha, qora shokolad va qaymoq mikroto‘lqinli pechda bir xil massa bo‘lguncha eritib olinadi. Oxirida pishgan kekslar ichiga olxo‘ri murabbosi, uning ustidan shokoladli krem surtiladi. Mazali kekslarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🤗😋