
- 11
- 30.10.2026 17:56:00
- 1 мин оқу
Hindistonlik Ravi Tamta maxsus muhandislik ma’lumotiga ega bo‘lmasa-da, 13 yillik mustaqil izlanish va tajribalar natijasida “HAPIDA SKYNeX” nomli elektr uchar transport vositasini yaratdi.
Bir kishiga mo‘ljallangan ushbu qurilma 2026-yil avgust oyida ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, qariyb bir daqiqa havoda turdi.
Ixtirochi kelajakda bu texnologiyadan tog‘li hududlarda qisqa masofalarga qatnov, chekka qishloqlarga yetib borish va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda foydalanishni maqsad qilgan.
Hozircha uchar transport vositasi prototip bosqichida bo‘lib, amaliy foydalanishga joriy etilishi uchun qo‘shimcha sinovlar va rasmiy ruxsatnomalar talab etiladi.
💬 Sizningcha, kelajakda uchar avtomobillar odatiy transport vositasiga aylanishi mumkinmi?