Mazali tort retsepti😍

Mazali tort retsepti😍
  • 6
  • 10.10.2026 18:31:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:
3 ta tuxum
375 gr qatiq
1 choy qoshiq oziq-ovqat sodasi
275 gr shakar
125 gr salat yog‘i
10 gr razrixlitel
30 gr kakao
375 gr elangan un

Kremi uchun:
300 ml qaymoq
150ml quyultirilgan sut
1 osh qoshiq kakao

Glazur uchun:
100 gr sariyog'
2 osh qoshiq kakao
3 osh qoshiq quyultirilgan sut

Tayyorlanishi:
Birinchi qatiq va oziq-ovqat sodasini aralashtirib olamiz. Keyin alohida idishga tuxum va shakarni ko‘pirtiramiz. Yaxshi ko‘pirgandan so‘ng, qatiq, kakao, salat yog‘i, razrixlitel va unni solib, aralashtiramiz. Xamirli quyuq massani ikki qismga bo‘lib, patnisga yoyib, pishirib olamiz. Kremi uchun quyultirilgan sut va qaymoqni ko‘pirtiramiz. Oxirida kremiga kakao qo‘shib, biskivit qavatlariga surtamiz. Glazurini tayyorlash uchun erigan sariyog'ga quyultirilgan sut, kakao solib, suv bug‘ida aralashtirib turamiz. Tayyor bo‘lgan glazurni tort ustiga surtib chiqamiz. Hohishga ko‘ra qolgan krem bilan ham bezatishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha❤️

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News