Krishtianu Ronaldu Oq uydagi rasmiy tadbirda qatnashdi

Krishtianu Ronaldu Oq uydagi rasmiy tadbirda qatnashdi
  • 2
  • 19.11.2025 14:17:00
  • 1 мин оқу

Futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu AQSH prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan tantanali kechki ovqatda maxsus mehmon sifatida qatnashdi. Tramp o‘g‘li Berron Ronaldo bilan uchrashgandan keyin otasini ko‘proq hurmat qila boshlaganini aytdi. Ziyofatda shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino, Amazon asoschisi Jeff Bezos va tadbirkor Ilon Mask ham qatnashgan. Ziyofatda Ronaldu o‘zining eng mashhur muxlislari bilan kunning eng qimmat selfisiga tushdi. Ronaldu noyabr oyining boshida bergan intervyusida o‘zini dunyodagi eng mashhur inson deb atab, Tramp bilan uchrashishni xohlashini bildirgan: “Men u bilan uchrashishni istardim. Unga bizda o‘xshashliklar borligini aytardim. Men Trampdan ham mashhurroqman, men dunyodagi eng mashhur insonman. To‘g‘risini ayting, mendan mashhurroq biror kishini ayta olasizmi?” degan Ronaldu.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News