O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqdi

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqdi
  • 8
  • 07.11.2025 07:47:00
  • 1 мин оқу

Vashingtonda Shavkat Mirziyoyev va AQSH savdo vaziri Hovard Latnik ishtirokida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator muhim bitimlar imzolandi:

🔹 Geologiya vazirligi va Denali Exploration Group — nodir yer elementlarini ishlab chiqarish bo‘yicha;
🔹 Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Re Element Technologies — nodir metallar loyihalarida hamkorlik;
🔹 Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Flowserve — nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish;
🔹 Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Valmont Industries Inc — suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
🔹 Raqamli texnologiyalar vazirligi va Palo Alto Networks — sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirish;
🔹 Uzbekistan Airways va Boeing — samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
🔹 Datacrop va Luis Dreyfus Company — soya mahsulotlarini yetkazib berish;
🔹 O‘zsanoateksport va Cargill — paxta eksporti bo‘yicha kelishuv.

AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu hamkorlikni “misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuv” deb atab, O‘zbekiston yaqin uch yilda AQSH iqtisodiyotining turli sohalariga 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev esa C5+1 sammitida bu loyihalar O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekanini aytib, “oldinda katta istiqbollar bor”, deya ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News