
- 6
- 27.11.2025 16:30:00
- 1 мин оқу
Toshkent shahrida havoni ifloslantirgan 15 ta qurilish obyektida ishlar vaqtincha to‘xtatildi. Tekshiruvlar natijasida 70 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. O‘rganishlar davomida 12 tuman hududidagi 96 ta qurilish obyekti tekshirildi. Shulardan 60 ta obyektda havoni chang va qum bilan ifloslanishiga qarshi talablar buzilgan, 47 ta obyektda esa qurilish maydonining kamida 25%ini ko‘kalamzorlashtirish talabi bajarilmagan. Jarayonga 140 nafar xodim jalb etilgan, 24 ta obyektda suv yuvish moslamalari, 62 ta obyektda esa avtomashinalar shinalarini yuvish uchun maxsus basseynlar tashkil etilgan. Tekshiruv Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Energoinspeksiya, Qurilish inspeksiyasi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati hamkorligida o‘tkazildi.