Saudiya Arabistoni aeroportiga ketma-ket hujumlar: qurbonlar soni 13 nafarga yetdi

Saudiya Arabistoni aeroportiga ketma-ket hujumlar: qurbonlar soni 13 nafarga yetdi
  • 9
  • 12.10.2026 10:59:00
  • 1 мин оқу

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportiga 10-oktabr kuni uyushtirilgan hujum aks etgan video e’lon qilindi. Reuters xabariga ko‘ra, ushbu hujumda halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetgan, 300 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Aeroport 11-oktabr kuni yana hujumga uchradi. Saudiya rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchilar terminaliga kelib tushgan noma’lum snaryad oqibatida Pokiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana 11 kishi jarohatlangan. Hodisa joyida yong‘in chiqqan.

Avvalgi hujumda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham yengil jarohat olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonadan javob berilgan. Aeroportdagi vaziyat va yetkazilgan zarar yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda. Saudiya rasmiylari hujum uchun javobgarlikni Yaman husiylariga yukladi. Husiylar X ijtimoiy tarmog‘ida samolyotlar Saudiyadan ketishi kerakligini aytib, uni “harbiy operatsiyalar hududi” deb e’lon qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News