
- 6
- 26.11.2025 11:00:00
- 1 мин оқу
Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, uyda yakka tartibda o‘qitiladigan o‘quvchilarni, shu jumladan, 1 xil yoshdagi va 1 ta manzildagi 2 va undan ortiq o‘quvchilarni o‘qitganlik uchun maktab o‘qituvchilariga BHMning 1 baravari miqdorida oylik yo‘l kompensasiyasi to‘lanadi.
Kompensasiya maktabdan ushbu o‘quvchining yashash joyigacha kamida 1,5 km bo‘lganda hamda o‘quvchiga biriktirilgan bir nechta o‘qituvchilarga kompensasiya ularning har oyda amalda o‘tkazadigan o‘quv soatlari ulushidan kelib chiqib, uyda o‘qitilayotganlarning o‘quv rejasidagi o‘quv soatlari miqdoriga mutanosib to‘lanishi belgilangan.
Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi hamda tibbiyot hamshiralari vaqtincha ishda bo‘lmagan davrda ularning vazifasini bajarish uchun ichki buyruqlar o‘rindoshlik asosida rasmiylashtiriladi.
Bunda bajarilgan ish uchun 100 foiz miqdorda (boshqa lavozimlar uchun 50 foiz miqdorda) ish haqi to‘lanadi.
Mazkur holatda o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritgan xodimning jami ish yuklamasi 1,5 stavkadan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.